Do‘stlarni taklif qilganda qanday xavfsiz bo‘lish mumkin

«Taklif qiling va pul ishlang» dasturi TransferGo haqida tanishlaringizga aytib berishning ajoyib usuli. Afsuski, ba’zi odamlar boshqalarning shaxsiy ma’lumotlari yoki mukofotlarini qo‘lga kiritish uchun dasturni suiiste’mol qilishga urinadi. Quyida xavf belgilarini qanday aniqlash va ma’lumotlaringizni qanday himoya qilishni bilib olasiz.

Xavf belgilari

  • Notanish odamlardan kutilmagan xabarlar. Siz tanimaydigan kishi internet orqali bog‘lanib, ma’lumotlaringizni ulashsangiz yoki ma’lum bir bankda hisob ochsangiz, pul yoki mukofot taklif qiladi. TransferGo xodimlari sizdan buni hech qachon so‘ramaydi.
  • Haqiqat bo‘lishi uchun juda yaxshi takliflar. Masalan, kimdir mukofotni siz bilan bo‘lishishni taklif qiladi yoki TransferGo bonusidan tashqari qo‘shimcha bonus va’da qiladi. Joriy taklifingizni har doim ilovadagi Do‘stlarni taklif qilish bo‘limida topasiz.
  • Tezroq harakat qilishga bosim. Kimdir sizni tez qaror qabul qilishga yoki ma’lumotlaringizni darhol berishga undaydi. Qaror har doim sizniki, shoshilmasangiz ham bo‘ladi.
  • Shaxsiy xabarlar yoki ochiq guruhlardagi so‘rovlar. Biz mijozlar bilan faqat elektron pochta, chat yoki telefon orqali bog‘lanamiz. Ma’lumotlaringizni hech qachon shaxsiy xabarlarda yoki ochiq guruhlarda so‘ramaymiz.

O‘zingizni qanday himoya qilish mumkin

  • Faqat tanishlaringizni taklif qiling. Taklif havolangizni internetdagi notanish odamlar bilan emas, do‘stlaringiz va oilangiz bilan ulashing.
  • Ma’lumotlaringizni sir saqlang. Parolingiz yoki tasdiqlash kodlarini hech kimga, hatto o‘zini TransferGo xodimi deb tanishtirgan odamga ham aytmang. Bank hisobingiz yoki kartangiz ma’lumotlarini notanish odamlarga bermang.
  • Ochiq guruhlardan uzoq turing. Shaxsiy yoki moliyaviy ma’lumotlarni ochiq forumlarda yoki Telegram kabi kanallarda e’lon qilmang.
  • Qoidalarni tekshiring. «Taklif qiling va pul ishlang» dasturining rasmiy shartlarini istalgan vaqtda o‘qishingiz mumkin.
  • Sezgingizga ishoning. Agar biror narsa shubhali tuyulsa, to‘xtang va bu yerda bizga so‘rov yuboring. Biz siz uchun mamnuniyat bilan tekshirib beramiz.

Boshqalarni himoya qilishga yordam bering

Agar kimdir «Taklif qiling va pul ishlang» dasturini suiiste’mol qilayotganini yoki boshqalardan ma’lumotlarini so‘rayotganini ko‘rsangiz, choralar ko‘rishimiz uchun bizga xabar bering. Shuningdek, boshqalar haqiqiy taklifni firibgarlikdan ajrata olishi uchun rasmiy shartlar havolasini ulashishingiz mumkin.

Bu maqola foydali bo’ldimi?

Ushbu material foydali deb hisoblaydiganlar uchun: 2 из 2

Yana savollar bormi? So’rov yuborish